Yangiliklar va voqealar

O‘zbekistonda va xorijda intellektual mulk sohasidagi so‘nggi voqealar va qiziqarli yangiliklar.

октябрь 2, 2025

Sharqning sakkizinchi yulduzi

Bugun, 9-fevral kuni ushbu xodisa sodir bo‘ldi, faqat bundan 582 yil oldin. Shu kuni Sharq madaniyatining bosh markazi – Hirot shahrida o‘zbek adabiyotining asoschisi bo‘lish nasib etgan o‘g‘lon paydo bo‘ldi.

 

Bolaligidan u adabiyotga bo‘lgan hayratlanarli darajadagi qiziqishi bilan ajralib turardi. Alisher Navoiy ulg‘aygach, nafaqat o‘zbek adabiyotiga, balki O‘rta Osiyo san’ati va me’morchiligiga ham ulkan hissa qo‘shdi. Bugungi kunda Alisher Navoiy nomi Shekspir, Dante, Gomer, Pushkin kabi mashhur yozuvchi va shoirlar bilan bir qatorda turibdi. Venger sharqshunosi J.Ekman o‘zining “Chig‘atoy adabiyoti” essesida Navoiy haqida “turkiyzabon so‘z mulkining hukmdori”, nemis yozuvchisi Alfred Kurella esa Navoiyni “Sharqning sakkizinchi yulduzi” deb atagan.

Alisher Navoiy asarlari jahon kutubxonalari va muzeylarida saqlanmoqda, uning merosi olimlar tomonidan o‘rganilmoqda, u haqida minglab kitoblar nashr etilgan. Va agar u hozir tug‘ilgan bo‘lganida, uning she’rlari dolzarb bo‘lar edi.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, mualliflik huquqi muddati tugaganligi sababli Alisher Navoiy asarlari jamoat mulkiga aylangan. Ulardan mualliflik haqini to‘lamasdan erkin foydalanish mumkin, lekin foydalanuvchilar muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini hurmat qilishlari shart. Bu esa hech kim o‘ziga mualliflik qilib, Alisher Navoiy asarlarini o‘z nomi bilan nashr etishga haqli emasligini anglatadi. Alisher Navoiy asarlari jamoatchilik mulkiga o‘tganiga qaramay, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi vakolatli organ sifatida muallif huquqlarini himoya qiladi.