Bugun,
9-fevral kuni
ushbu xodisa sodir bo‘ldi, faqat bundan 582 yil oldin. Shu kuni Sharq
madaniyatining bosh markazi – Hirot shahrida o‘zbek adabiyotining asoschisi
bo‘lish nasib etgan o‘g‘lon paydo bo‘ldi.
Bolaligidan u adabiyotga bo‘lgan hayratlanarli darajadagi qiziqishi bilan
ajralib turardi. Alisher Navoiy ulg‘aygach, nafaqat o‘zbek adabiyotiga, balki
O‘rta Osiyo san’ati va me’morchiligiga ham ulkan hissa qo‘shdi. Bugungi kunda
Alisher Navoiy nomi Shekspir, Dante, Gomer, Pushkin kabi mashhur yozuvchi va
shoirlar bilan bir qatorda turibdi. Venger sharqshunosi J.Ekman o‘zining “Chig‘atoy
adabiyoti” essesida Navoiy haqida “turkiyzabon so‘z mulkining hukmdori”, nemis
yozuvchisi Alfred Kurella esa Navoiyni “Sharqning sakkizinchi yulduzi” deb
atagan.
Alisher Navoiy asarlari jahon kutubxonalari va muzeylarida saqlanmoqda,
uning merosi olimlar tomonidan o‘rganilmoqda, u haqida minglab kitoblar nashr
etilgan. Va agar u hozir tug‘ilgan bo‘lganida,
uning she’rlari dolzarb bo‘lar edi.