Foydalanuvchi


Foydalanuvchilar – boshqa shaxslar tomonidan yaratilgan asarlardan tijorat yoki boshqa maqsadlarda foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, asarlardan tijorat maqsadlarida foydalanayotgan foydalanuvchilar ushbu asarlardan foydalanish huquqini beruvhi litsenziya shartnomasini tuzishlari va haq to‘lashlari shart.

Litsenziya shartnomasining obyektlariga quyidagilar kiradi:

Tijoriy maqsadlarda chop etilgan yoki foydalaniladigan fonogrammalar (har qanday ommaviy axborot vositalarida yoki internetda);

Tijoriy maqsadlarda chop etilgan yoki foydalanilgan foto-video tasvirlar, (har qanday ommaviy axborot vositalarida yoki internetda)

Litsenziya shartnomasini tuzishi va haq to‘lashi kerak bo‘lgan Foydalanuvchilar toifalari:

  • Madaniy hordiq chiqarishni tashkillashtiruvchi tashkilotlar, korxonalar va yo‘lovchi transporti vositalari, sanatoriylar, hordiq chiqarish muassasalari va pansionatlar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, mehmonxonalar va boshqa jamoat joylari;
  • Ommaviy tomoshalar o‘tkazadigan madaniy-ma’rifiy tashkilotlar(bog‘lar, hiyobonlar, hayvonot bog‘lari, istirohat bog‘lari);
  • Fonogrammalarni efirga uzatuvchi teleradioeshittirish kompaniyalari;
  • Fonogrammalarni kabel, sim, optik tolalar orqali aholiga yetkazuvchi kabelli eshittirish tashkilotlari.
  • Internet – uztuvchilar.

San'atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi mualliflik mehnatidan oʻzbekistonlik mualliflik huquqi egalari foydasiga foydalanganlik uchun haq toʻlashni ham Oʻzbekiston hududida, ham xorijda shu kabi xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida undiradi.

Mukofot mualliflik huquqi egalari o‘rtasida Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanganlik uchun mualliflik haqini taqsimlash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq taqsimlanadi.

Mualliflik huquqi egalarining huquqlarini va O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksini hamda boshqa milliy va xalqaro qonun hujjatlarini buzmaslik maqsadida palata bilan tegishli shartnoma tuzish lozim.