Bugungi kunda ba'zilar, agar surat telefon kamerasi yoki oddiy kamera
bilan professional bo'lmagan odam tomonidan olingan bo'lsa, unda bu asar
mualliflik huquqi bilan himoyalanmagan, deb yanglishmoqda.
Qanchadan-qancha odam taom yoki manzarani suratga
olib, fotosurati mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo‘lishi mumkinligini
bilmay turib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi?
Ushbu uchta shartga javob beradigan har qanday surat
mualliflik huquqi bilan himoyalangan:
- muallifning asari bo'lishi kerak (asl nusxasi);
- u har qanday shaklda taqdim etilishi kerak (raqamli,
bosma, shunchaki kimgadir aytilgan fikr emas);
- asar muallifning mulkiy huquqi ish beruvchiga
o'tkaziladigan shartnoma bo'yicha bajarilmasligi kerak.
Shaxsiy sahifada e'lon qilingan va muallifning boshqa
shaxsga bo'lgan mulkiy huquqlarini ta'minlamasdan chop etilgan asl nusxa
mualliflik huquqi qonuni bilan himoyalangan. Bu nima degani?
Hech kim muallifning ruxsatisiz garchi bu surat
muallifning shaxsiy sahifasida bo‘lsa va boshqalarning fikricha badiiy qimmatga
ega bo‘lmasa ham ushbu suratdan foydalanishga, qayta joylashga yoki
o‘zgartirish kiritishga haqli emas.
Ushbu suratdan foydalanmoqchi bo'lgan har bir kishi
muallifdan ruxsat so'rashi kerak. Muallif suratdan qayerda va qanday
foydalanishga ruxsat berishini yoki asaridan foydalanishni ta'qiqlashini aniq
ko'rsatgan holda ruxsat berishga haqli. Agar javob ijobiy bo'lsa, moliyaviy jihati
majburiy ravishda ko'zda tutiladi: pullik yoki bepul.
Agar muallifning ruxsati olinmasa, lekin shunga
qaramay suratdan foydalanishga qaror qilingan bo‘lsa, muallif O‘zbekiston
Respublikasi “Mualliflik huquqi va unga aloqador huquqlar to‘g‘risida”gi qonunining
65-moddasiga muvofiq yetkazilgan zarar va ma’naviy zararni qoplashni talab
qilishga haqli.
Muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi
huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:
huquqlarni tan olish;
huquq buzilishiga qadar mavjud bo'lgan mavqeini
tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi tahdidini keltirib
chiqaradigan harakatlarni tugatish;
huquq egasi, agar uning huquqi buzilmagan bo'lsa,
fuqarolik muomalasining normal sharoitlarida olinmay qolgan daromadi
miqdoridagi zararni qoplash. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh
huquqlarning buzilishi natijasida daromad olgan bo‘lsa, huquq egalari
yo‘qotilgan foydani boshqa zararlar bilan bir qatorda ushbu daromadlardan kam
bo‘lmagan miqdorda qoplashni talab qilishga haqli;
huquqbuzarlikning xususiyatidan va huquqbuzarning aybdorlik
darajasidan kelib chiqqan holda, bojxona qoidalarini hisobga olgan holda, zarar
yetkazilganligidan qat’i nazar, to‘langan zararning o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan
ming baravarigacha miqdorda tovon to‘lash;
ushbu Qonunda belgilangan ularning huquqlarini himoya
qilish bilan bog'liq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralarni
ko'rish.
Bundan tashqari, muallif o'z huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma'naviy zararni qoplashni talab qilishga haqli.