“Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Davlat bojxona qoʻmitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan tovar belgilari boʻyicha qonunchilik talablari buzilishi haqida xabar beradi.

2022-yil 1-sentyabrdan “Yagona darcha” bojxona tizimi orqali intellektual mulk obyektlarini Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi arizalarni elektron yuborish va ariza holatini onlayn kuzatib borish hamda natijasi boʻyicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yoʻlga qoʻyiladi.

2023-yil 1-yanvargacha intellektual mulk obyektlarining auksion savdosini oʻtkazadigan “Intellektual mulk – barcha uchun” maxsus internet-auksion savdo platformasi ishlab chiqiladi.

2022-yil 1-oktyabrgacha Internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi «Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilishlar reyestri» axborot tizimi ishga tushiriladi.

Qaror bilan 2022–2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.