Joriy
yilning 20 iyunь kuni Oʼzbekiston
Respublikasi Аdliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Intellektual mulk
agentligi oʼrtasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish
sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjatning
maqsadi – mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasidagi
faoliyatni muvofiqlashtirish, oʼzaro maʼlumot almashish hamda ushbu sohadagi
qonunbuzilishlarni oʼz vaqtida aniqlash va chora koʼrish hisoblanadi.
Memorandumga
asosan Tomonlar oʼzlarining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya
qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, ularga kiritilgan oʼzgartirishlar va
sohadagi boshqa yangiliklar boʼyicha doimiy axborot almashib boradi.
Shuningdek,
hujjatga muvofiq Tomonlar mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish
faoliyati bilan shugʼullanuvchi xodimlari hamda muallif va boshqa
ijodkorlarning mulkiy huquqlarini himoya qiluvchi jamoaviy tashkilotlar
vakillarining malakasini oshirish hamda ushbu yoʼnalishlar boʼyicha oʼzaro
tajriba almashish bilan bogʼliq tadbirlarni amalga oshiradilar.
Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlmi