2022
yil 13 sentyabr kuni AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida tashkil etilgan tashrif doirasida AQShdagi
Jorj Vashington universiteti professorlari Malkolm Rassel-Eynxorn hamda Shon
Raymond Robertslar bilan San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik
huquqlarini himoya qilish palatasi (SIIP) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi huquqiy asoslarni va sud-huquq sohasidagi islohotlarni
o‘rganish hamda intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni
rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda
mualliflik
huquqi sohasida sud ishlarini yuritish
va mediatsiyani
qullash,
mualliflik huquqini himoya qilishda ta’lim va aholining huquqiy savodxonligini
oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha taʼlim
sohasida hamkorlikni davom ettirish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
boʻyicha mediatsiya institutini rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Palata
raisi, professor B.Toshev ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda mualliflik huquqlarini himoya qilishda Palata nafaqat huquq sohasi
mutaxassislari, balki mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob’ektlaridan
foydalanuvchilarni, shuningdek, huquq egalarini ham o‘qitish bo‘yicha faol ish
olib bormoqda. Shu bilan birga, mualliflik huquqini himoya qilish sohasida
mutaxassislar va tegishli ixtisoslashtirilgan adabiyotlar yetishmaydi”.
Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekiston
Respublikasida mualliflik huquqi pozitsiyasini mustahkamlash bo‘yicha
kelgusidagi harakatlar haqida bir-birlarini xabardor qilib
turishga kelishib oldilar