San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasida AQShning Toshkentdagi elchixonasining atrof-muhit, fan, texnologiya va sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassisi Uilyam Lengli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalarini muhokama qilish edi.

Yig‘ilishda Palata raisi Boboqul Toshev palata faoliyati, uning asosiy vazifasi, O‘zbekistonda mualliflik huquqini himoya qilishdagi muammolari va istiqbollari haqida so‘zlab berdi. Xalqaro aloqalar va axborot bo‘limi boshlig‘i Olesya Romashko xalqaro hamkorlikda erishilayotgan natijalarni taqdim etdi va tashkilotning “Аdabiy va badiiy asarlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasining majburiyatlarni bajarish uchun foydalanuvchilar bilan ishlash tajribasini o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u mualliflar va foydalanuvchilar o‘rtasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlardan xabardorlikni oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.

AQSH elchixonasi vakili Oʻzbekistonda mualliflik huquqlariga rioya qilish masalalari, ushbu sohadagi qonunchilik, Palataning tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari bilan qiziqdi.

Tomonlar mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishning ta’limdan tortib, qonunchilik sohasigacha bo‘lgan asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar. Kelgusida samarali hamkorlik qilish uchun hamkorlikni davom ettirishni taklif qilindi.