Mirzo Ulug‘bek tuman fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida bastakor Sultonali Rahmatov asarlariga nisbatan mualliflik huquqining buzilganligi holati yuzasidan San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tomonidan berilgan da’vo ko‘rib chiqildi. Kompaniyalar MChJ "O.YU.T." va “N.T.B.” (Namanagan tuman baliqchilik) MY5 telekanalining teleko‘rsatuvida S.Rahmatovning kompozitsiyasidan ruxsatsiz va shartnoma tuzmasdan foydalangan.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, foydalanuvchilar asarlarni yoki turdosh huquqlar ob’ektlarini “mualliflik huquqi egasi yoki mualliflar mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan ko‘paytirish, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish huquqiga ega emaslar. Мulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish, qonunga muvofiq shartnoma tuzmasdan foydalanishga ruxsat berilgan hollar bundan mustasno.

 

Mazkur holatda asar qonunga xilof ravishda ishlatilib, sud tomonidan 15 million so‘m tovon puli va ma’naviy zarar yetkazganlik uchun 5 million so‘m undirish to‘g‘risida qaror chiqarildi. Ilgari “N.T.B.” mansabdor shaxslari Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudining qaroriga kora O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarlik togrisidagi kodeksining 1771- “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish” moddasiga kora 2 million 700 ming so‘m jarimaga tortilgan edi.

 

San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi huquq egalari bilan tegishli shartnoma tuzmasdan har qanday asar va turdosh huquqlar obyektlaridan tijorat maqsadlarida foydalanish noqonuniy hisoblanishi va javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tadi.