Fotosuratda mualliflik
huquqining buzilishi huquq
egasining ruxsatisiz
fotosuratidan foydalanishni anglatadi. Bu huquq egasining roziligisiz
fotosuratni ko‘paytirish, tarqatish yoki omma oldida namoyish etishni o‘z
ichiga olishi mumkin. Bunday harakatlar huquqbuzarlik hisoblanadi va muallif
uchun nafaqat ma’naviy, balki iqtisodiy yo‘qotishlarni ham keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasida
mualliflik huquqi qo‘llaniladigan obyektlar belgilangan. Bu ob’ektlar miqdoriy
yoki sifat ko‘rsatkichlari, maqsadi yoki ifodalash usulidan qat’iy nazar, har
qanday asar bo‘lishi mumkin. Masalan, matnlar, musiqiy kompozitsiyalar,
fotosuratlar, videolar yoki tasviriy san’at asarlari intellektual mulk
hisoblanadi.
Agar siz boshqa birovning qulyozmasi
matnidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz yoki o‘z sahifangizga boshqa birovga
tegishli fotosuratni joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, avvalo muallifdan yozma
ruxsat olishingiz tavsiya etiladi. Og’zaki ruxsat, agar u videoga yozilgan bo‘lsa,
qabul qilinishi mumkin. Biroq, onlayn tarzda olingan ruxsat yetarli deb
hisoblanmaydi, chunki xabar muallifini ishonchli tarzda aniqlash mumkin emas.
Shuningdek, mualliflik
huquqini buzuvchilarga, agar mualliflik huquqi egasi nizoni suddan tashqari hal
qilishni taklif qilsa va siz o‘z aybingizni bilsangiz, shikoyatda ko‘rsatilgan
talablarga rioya qilganingiz ma’qul. Bu sud jarayonlarining oldini olishga va
moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirishga yordam beradi.
Fotosuratlardan noqonuniy
foydalanilgan taqdirda, qoidabuzarlarga quyidagi jarimalar va to‘lovlar qo‘llanilishi
mumkin:
- Zarar yetkazganlik faktidan
qat’iy nazar, yo‘qotishlarni qoplash o‘rniga BXMning yigirma baravaridan ming
baravarigacha asosiy tovon to‘lash. Kompensatsiya miqdori tadbirkorlik
odatlarini hisobga olgan holda huquqbuzarlik xususiyatiga va foydalanuvchining
aybdorlik darajasiga bog’liq.
- Fuqarolarga - bir
baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o‘n
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari,
asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining qalbaki nusxalari, shuningdek
ularni ko‘paytirish va tarqatish uchun foydalanilgan materiallar va jihozlar,
huquqbuzarlik sodir etish uchun foydalanilgan boshqa vositalar musodara
qilinishi mumkin.
- Asarlarning va turdosh huquqlar ob’ektlarining qalbaki nusxalari, shuningdek ularni tayyorlash va ko‘paytirish uchun foydalaniladigan materiallar va jihozlar, huquqbuzarlik sodir etish uchun boshqa vositalar qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida musodara qilinadi.