2024-yil 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish chora-tadbirlari doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Bosh prokuratura markaziy apparati xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi raisi, yuridik fanlar doktori, professor Boboqul Toshev “O‘zbekiston Respublikasining mualliflik huquqini himoya qilishga oid davlat-huquqiy siyosati” mavzusida ma’ruza qildi. U mualliflik huquqini himoya qilishning ahamiyati, ayniqsa, huquqni qo‘llash holati va O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi harakatlarga to‘xtalib, bu boradagi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. B.Toshev mualliflik huquqi masalalariga, jumladan, uning iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy ahamiyatiga to‘xtalib, mualliflik huquqini himoya qilish sohasida jahondagi  tendensiyalar va mahalliy sharoitda qanday yo‘l tutish choralari haqida ham fikr yuritdi.
Seminar ishtirokchilari O‘zbekistonda mualliflik huquqini himoya qilish va bu borada yagona davlat-huquqiy siyosatni shakllantirishning ahamiyatini tushunishni yaxshilashga xizmat qilgan qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va tavsiyalar oldi. Ishtirokchilar ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar mamlakatimizda intellektual mulkni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mualliflar va boshqa huquq egalari manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.