“Uzbekistan Airways” MAK va
“San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish
palatasi” (SIIP) o‘rtasida mualliflik huquqiga rioya etilgan holda haq tolash
orqali musiqiy asarlardan aviakompaniya
bortida foydalanishi uchun litsenziya shartnomasini imzoladi.
Ushbu kelishuv mualliflarga:
-huquqlarni himoyasi va asarlaridan foydalanganlik uchun adolatli haq olishga;
-“Uzbekistan Airways” uchun
yuqori sifatli kontent yaratishga;
-e'tirof etilishiga va ijodiy loyihalarni amalga oshirishga imkon yaratdi.
Ushbu litsenziya shartnomasi
“Uzbekistan Airways” MAK uchun quyidagi imtiyozlarni beradi:
-mualliflik huquqi bilan
himoyalangan kontentdan qonuniy foydalanishni ta'minlaydi, da'volar va
jarimalar mavjud emasligini kafolatlashga;
-o‘zbek mualliflarining asarlaridan foydalanish huquqi;
-brend imidjini yaxshilaydi, ijodiy va madaniy sohalarni qo'llab-quvvatlaydi.
Mazkur litsenziya shartnomasi har ikki tashkilot uchun muhim qadam bo‘lib, kelgusida samarali hamkorlik qilish uchun zamin yaratadi. U mualliflar huquqlarini himoya qiladi va O‘zbekistonda ijodiy sohalar rivojlanishiga ko‘maklashadi, shu bilan birga “Uzbekistan Airways” milliy madaniyatni qo‘llab-quvvatlovchi kompaniya sifatidagi ijobiy nufuzini mustahkamlaydi.