2024-yilning 16-avgust kuni soat 15:00 da Madaniyat vazirligi binosida (Amir Temur shoh ko‘chasi, 107B-uy) San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. Palataning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobot (2021-2023 yillar va 2024-yil birinchi yarim yillik).

2. Palata ustaviga o‘zgartirish kiritish.

3. Boshqaruv a’zolarining yangi tarkibini saylash.

4. Boshqaruv raisini saylash.

 

Konferensiyada ishtirok etish boʻyicha (+99899)-808-15-55 raqamiga murojaat qilish mumkin.