San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi (SIIP) Xalqaro takror ishlab chiqarish huquqlari tashkilotlari federatsiyasi (IFRRO)ga a’zo bo‘lganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz! Bu xalqaro maydonda mualliflar va noshirlar huquqlarini himoya qilish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir. IFRRO mustaqil, xalqaro notijorat birlashma bo‘lib, matn va grafika asarlarini ko‘paytirish huquqlarini jamoaviy boshqarishni faol targ‘ib qiladi.

Endi a’zolik orqali mualliflik huquqi boshqaruvini yanada rivojlantirish va targ‘ib qilish, ijodlardan qonuniy va manfaatli foydalanishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu shuni anglatadiki, har bir muallif va noshir o‘zi munosib e’tirof etiladi va qo‘llab-quvvatlanadi!

Biz mualliflar va noshirlarni Palatamizga a’zo bo‘lishga taklif qilamiz! O‘z ijodingiz namunalarini himoya qiling, huquqlarni boshqarish bo‘yicha ko‘mak oling va qonuniy haq oling.