Palatamiz boshqaruv raisi Boboqul Toshev va ijrochi direktor oʻrinbosari Nodirjon Aslonov joriy yilning 27-28 may kunlari Turkiyaning Istanbul shaxrida Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamalakatlari mulkiy huquqlarini jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlarining hamkorlik uchrashuvida ishtirok etdilar.
   Tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning mualliflar mulkiy huquqlarini jamoaviy boshqarish va himoya qilish bilan shugʻullanib kelayotgan tashkilotlari vakillari qatnashdi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad, tashkilotlarning sohaga oid xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va birgalikda faoliyat olib borish xalqaro mexanizmlarini joriy etish edi.
Joriy yilning 27-may kuni “Sharqiy Yevropa mamlakatlari mulkiy huquqlarini boshqaruvchi jamiyatlari xalqaro assotsiatsiyasi”ning ta’sis yigʻilishi ham boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Assotsiatsiyaning Ustavi hamda uning rahbar organlari saylandi.
Mazkur tashkilot Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarining mulliflar mulkiy huquqlarini jamoaviy asoslarda boshqaruvchi tashkilotlarni birlashtiradi. Uchrashuv yakunida mazkur tashkilotlar oʻrtasida Anglashuv bayonnomasi ham imzolandi.