2023-yilning 4-7-iyul kunlari Kishinyov shahrida (Moldova) “Mualliflik
huquqini jamoaviy boshqarish: Yevropa uslubida tartibga solish, milliy
qonunchilik va raqamli muhit” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyadan
ko‘zlangan asosiy maqsad mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida o‘zaro
tajriba almashish va ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash edi.
Konferentsiyada CISAC, WIPO xalqaro tashkilotlar vakillari va AN “COPYRIGHT” va ANFPI (Moldova),
SCOC AB (Shvetsiya), UACRR (Ukraina), GCA (Gruziya), ARMAUTHOR
(Armaniston), KAZAK
(Qozog‘iston), ZAIKS (Polsha), Heaven 11 (Irlandiya), OAZA + OOA-S (Chexiya), UCMR-ADA (Ruminiya) va
SIIP (O‘zbekiston) vakillari ishtirok etishdi.
Konferensiyada ishtirokchilar tomonidan mualliflik
huquqini himoya qilish tizimini uyg‘unlashtirish va unifikatsiya qilish, raqamli
texnologiya davrida
IT yechimlari uchun haq yig‘ish va taqsimlashga qaratilgan dasturiy
ta’minot masalalari, monitoring dasturlarining
muhimliligi
va ularning ahamiyati, CISAC aʼzolarining suvereniteti va qonuniyligiga zarar yetishini olidini olish uchun samarali
himoyani taʼminlash boʻyicha CISAC rezolyutsiyasini amalga oshirish boʻyicha
umumiy harakatlar ishlab chiqish muhokama qilindi.
Bundan
tashqari, mazkur
Konferensiya doirasida mualliflar va boshqa mualliflik huquqi
egalarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi asosiy muammolar belgilab olindi. Konferensiya ishtirokchilari ta’kidlab o‘tishganidek, MDHning
ayrim davlatlari tomonidan televideniya va radiolarda noqonuniy kontent faol qoʻllanilib kelinmoqda. Mavjud qonunchilikka qaramay, ommaviy
axborot vositalari vakillari mulkiy
huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar va mualliflar bilan
litsenziya shartnomalari tuzishni hohlamaydilar va
“Mualliflik huquqi
va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunni har tomonlama chetlab o‘tishga harakat qilmoqdalar. Foydalanuvchilarning kontentdan mualliflarning ruxsatisiz foydalanishi nafaqat mualliflarga, balki
mamlakatning xalqaro
maydondagi obro‘siga ma’naviy va moddiy zarar yetkazmoqda. Mualliflik huquqi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha foydalanuvchilar, jumladan,
televideniya, radio,
kafe, restoran, do‘konlar ham, soha mutaxassislari ham (advokatlar, sudyalar va h.k.) yetarli darajadagi bilimga ega emasliklari kuzatilmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar mualliflik huquqini himoya qilish
sohasidagi qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish va mazkur qonunchilikni xorijiy
mutaxassislar va amaliyotchilarni jalb etgan holda modernizatsiya
qilish zarur ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.