Yangiliklar va voqealar

O‘zbekistonda va xorijda intellektual mulk sohasidagi so‘nggi voqealar va qiziqarli yangiliklar.

11/03/2022

Palatamizning yetakchi xodimlari Fargʻona viloyatida huquq egalari doirasida targʻibot ishlarini amalga oshirishdi

Palatamizning yetakchi xodimlari Fargʻona viloyatidagi huquq egalariga palataning maqsad va vazifalari haqida tushuntirish hamda targʻibot ishlarini amalga oshirish uchun tashrif buyurishdi. Palatamizning boshqaruv raisi, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev Fargʻona viloyatidagi koʻplab huquq egalariga palataning faoliyati, maqsad va vazifalari haqida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib bordi. Yigʻilishda palataning ijrochi direktori Baxtiyor Usmanov huquq egalariga mualliflik huquqini qanday himoya qilishni, bu soxa haqida jamiyat vakillari yetarlicha ma’lumot va koʻnikmaga ega emasligi hamda mualliflik huquqlarining barcha turlarini qonuniy himoya qilish shartligini ta’kidlab oʻtdi. Yigʻilish soʻngida huquq egalari palatamiz bilan shartnoma imzolab, mualliflik huquqlarining qonuniy himoyasi uchun qadam qoʻydilar.

10/03/2022

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” mavzusida tashkil etilgan maxorat darsi

TDYU Fuqarolik huquqi kafedrasi tomonidan 3-kurs Xususiy huquq fakulteti talabalari uchun “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” mavzusida tashkil etilgan maxorat darsida San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi boshqaruv raisi, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev tomonidan maxorat darsi olib borildi. Darsda talabalarga mualliflik huquqi va turdosh huquqlar doirasidagi bilimlar, bugungi kundagi dolzarb axamiyatga ega jarayonlar, mualliflarning huquqlarini ximoyalash borasida san’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berildi. Maxorat darsida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.